Boymirza Hayit vafot etti Turkistonning buyuk fikir va mujodala odami, mumtoz shahsiyat Boymirza Hayit bugun ertalab Olmoniyaning Koln shahrida kasalxonada olamdan o’tdi. Turkiston tarixining bilimdoni, insonparvar va hurriyatparvar inson butun umrini asorat va musofirchilikda o’tqazdi. Vatan hasrati bilan yonib yashadi, Turkiston ozodligi uchun kurashdi. Marhum 1917 yilda Namanganda dunyoga keldi. 1941 yilda 2-dunyo urushi asnosida asirga tushib, asoratda bo'lishiga qaramay, vatan ozodligi uchun mujodala boshlatdi. Urush tugagch o’z kurashini mafkuraviy jabhadan turib davom ettirgan Hayit, umrining oxirigacha shu yo’lda samarali mehnet qildi va umri davomida 13 kitob, 15 risola va 400 dan ko’p maqola nashr ettirdi. 1992 yilda tug'ilib o’sgan yurti O’zbekistonga kelganida, diktator Karimovning buyrug’i bilan vatanidan badarg’a qilindi va qayta O’zbekistonga kiritilmadi. Kecha qizil bosqinchilar uni ta’qib va tazyiq etgan bolslar, mustaqillikdan so'ng mahalliy despotlar uni o’z yurdiga kiritmaqilar... Qayerda dafn etilishi hozircha yaqinlari va Olmoniyadagi turk va o’zbek diasporasi tarfidan muhokama qilinayotgan marhumning janoza marosimi, beriladigan qarorga qarab 7 noyabr kuni bajo keltiriladi. Marhumga Allohdan raxmat, ortda qolgan yaqinlariga va millatimizga sabr tilaymiz. O’zbekiston ERK Demokratik Partiyasi www.uzbekistanerk.org, 31.10.2006
|